«Umid zanjiri» uyushmasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi

«Sen yolg‘iz emassan» fondi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan «Umid zanjiri» («La chaîne de l’espoir») uyushmasi raisi doktor Erik Cheysson, bosh direktori Jan-Rosh Serra va doktor Vladimir Kaviekilardan iborat delegatsiya hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida 8-10-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Fransiyada joylashgan «Umid zanjiri» uyushmasi dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida og‘ir dardga chalingan bolalarni davolashda ko‘mak berib kelmoqda. Toshkentga tashrifi chog‘ida delegatsiya a’zolari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida bo‘lishdi. Fransuz delegatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri o’rinbosari Asilbek Xudoyorov qabulida ham bo‘ldi. Fransuz uyushmasi va o‘zbekistonlik hamkorlar bolalar jarrohligi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

publie le 15/04/2015

hautdepage