Universitetlararo hamkorlik

«N+i» tarmog‘i Fransiyadagi 70 dan ortiq injenerlik oliy maktablarini birlashtiruvchi uyushma bo‘lib, uning maqsadi Fransiyada injenerlik sohasida ta’lim olishni istagan xorijlik talabalarga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. O‘z talabalarini Fransiyada ta’lim olishni davom ettirish uchun yuborishi mumkin bolgan o‘zbek oliy o‘quv yurtlariga «N+i» faoliyatini tanishtirish niyatida tarmoq direktori Jan-Pyer Trotinyon joriy yilning 29-sentabr-2-oktabr kunlari Toshkentga tashrif buyurdi.

Jan-Pyer Trotinyon Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutlarida bo‘lib, mutasaddilar bilan uchrashdi.

M. Jean-Pierre Trotignon avec M. Khakim Mukhitdinov, recteur de l'Université des technologies de l'information
M. Jean-Pierre Trotignon à l'Université technique

publie le 06/10/2015

hautdepage