Vizaga hujjatlarni topshirish uchun qabulga yozilish tartibi [fr] [ru]

Bizning hamkorimiz TLScontact 2016-yil 20-iyun kuni Fransiya elchixonasiga vizaga hujjatlarni topshirish uchun qabulga yozish bo‘limini ochmoqda.

Telefon xizmat markazi bilan soat 08.30 dan 12.00 gacha va 13.00 dan 16.30 gacha +998 97 422 75 17 telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin. Avto-javob beruvchi orqali vizaga hujjatlarni topshirish tartibi va TLScontact markazi haqida ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.

TLScontact kompaniyasining internet saytida (manzil: fr.tlscontact.com/uz/TAS/index.php?l=uz) vizaga talabnoma topshirishga oid barcha ma’lumotlar, jumladan, vizaning barcha turlari uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati berilgan.

2016-yil 20-iyundan boshlab viza olish uchun hujjat topshiruvchilar oldiniga hamkorimiz TLScontact ga murojaat qilib, ro‘yxatga yozilishlari zarur. Ro‘yxatga yozilish jarayonida ulardan shaxsiy ma’lumotlar so‘raladi. TLScontact xizmat haqi – 11,5 yevro.

publie le 10/04/2017

hautdepage