World Food Uzbekistan 2017 [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi «EURASIA» hamda «ITE Uzbekistan» bilan hamkorlikda 29-31-mart kunlari bo‘lib o‘tgan «WorldFood Uzbekistan 2017» oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, Fransuz gastronomiyasini dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish uchun Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vazirligi tashabbusi bilan 2015-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Fransiya ta’mi» festivalining bu yilgi soni kuni kecha keng nishonlandi. Ushbu tadbir davomi sifatida Fransiya elchixonasi «EURASIA» hamda «ITE Uzbekistan» bilan hamkorlikda 29-31-mart kunlari bo‘lib o‘tgan «WorldFood Uzbekistan 2017» oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Restoran va gastronomiya sohasi professionallari, hamda keng ommadan iborat 6 mingdan oshiq tashrif buyuruvchilar mazkur ko‘rgazmani tomosha qilishdi.

Fransiya stendida fransuz oshxonasi ziravorlari namoyish etildi, shuningdek, Toshkentda yangi ochilgan «La Cantine» restorani oshpazi Aziz Muzaffarov mahorat darslari o‘tkazdi.

A. Muzaffarov Fransiya elchixonasining hamkorlik loyihalari doirasida bosh novvoy va qandolatchi Bruno Dinel va bosh oshpaz Loran Favye tomonidan olib borilgan non va qandolatchilik mahsulotlari hamda fransuz gastronomiyasi bo‘yicha seminarda o‘z mahoratini oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tashrif buyuruvchilar profitrol, tart-taten, briosh bulochkalari, fua-gra va kishlardan tatib ko‘rishdi.

Ko‘rgazmada qadoqlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi fransuz firmasi «IxaPack Global» ham ishtirok etdi.

publie le 12/04/2017

hautdepage