Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazga tashrif [fr] [ru]

28-yanvar kuni ta’lim hamkorligi masalalari bo‘yicha attashe Sofi Jindt xonim Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti qoshidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida malaka oshirayotgan fransuz tili o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida attashe o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Uchrashuv samarasi o‘laroq, malaka oshirish seminarlari, Fransiyaga pedagogik stajirovkalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni jalb qiluvchi turli tadbirlar bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga molik ekanligi alohida ta’kidlandi.

publie le 25/02/2019

hautdepage