Xalqaro arbitraj bo‘yicha fransuz delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi [fr] [ru]

Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tgan, xalqaro arbitraj bo‘yicha konferensiyada bir qator fransiyalik mutaxxasislar, jumladan, Kassatsiya sudining faxriy maslahatchisi Patrik Mate, Milliy advokatlar kengashining Arbitraj komissiyasi raisi Lui Degos va Fransiya Adliya vazirligi fuqarolik ishlari bo‘yicha departament sudyasi Lea Le-Galliar xonim ishtirok etishdi.

Ular Toshkent xalqaro arbitraj sudida tashkil etilgan davra suhbatida ham qatnashdilar, shuningdek, bir qator xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning ekspertlari bilan uchrashdilar.

Shu bilan birga janob Patrik Mate O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va "Mintaqaviy dialog" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan adliya mustaqilligiga bag‘ishlangan konferensiyada nutq so‘zladi.

publie le 10/12/2019

hautdepage