Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni [fr] [ru]

2018-yil mart oyida taqdim etilgan Fransiyaning fransuz tilini rivojlantirish va ko‘p tillikni qo‘llab quvvatlashga oid xalqaro strategiyasida, Prezident Emmanuel Makron boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, "Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni"ni tashkil etish istagini bildirdi. Bu esa fransuz tili o‘qituvchilarini rag‘batlantirishda va fransuz tilini ommalashtirish va targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan, Xalq ta‘limi va yoshlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yevropa va tashqi ishlar vazirligi, Fransuz tili o‘qituvchilari xalqaro federatsiyasi (FIPF), Xalqaro Frankofoniya tashkiloti (OIF), Frankofon universitetlararo agentligi (AUF) va Fransuz alyansi fondi (FAF) ishtirokida Idoralararo tashkiliy qo‘mita ta’sis etildi va mazkur qo‘mita tomonidan fransuz tilini targ‘ib qilish bo‘yicha "Innovatsiya va ijod" mavzusida loyihalar tanlovi e‘lon qilindi.

Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi Doston Rahimov taqdim etgan loyiha qo‘mita tomonidan tanlab olingan 19 ta g‘olib loyihalardan biridir. Ushbu loyiha O‘zbekistondagi barcha fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan oylik jurnalni chop etish va tarqatish hamda O‘zbekistonda birinchi fransuz tili o‘qituvchilari uyushmasini tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgi kunda 3 mingga yaqin o‘qituvchi 220 ming o‘quvchiga fransuz tilidan saboq beradi.

O‘zbekistonda fransuz tili ta’limiga katta hissa qo‘shib kelayotgan Doston Rahimov va boshqa barcha fransuz tili o‘qituvchilarini tabriklaymiz.

JPEG

publie le 22/11/2019

hautdepage