Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Elchining tabrigi [fr] [ru]

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O’zbekistonda ayollarning turmush tarzini yaxshilash, ularning huquqlari, ozodligi va sha’nini himoya qilishda ishtirok etayotgan barcha insonlarni samimiy muborakbod etaman.

Inson huquqlarini himoya qilish yo’lidagi sa’y-harakatlarida Fransiya uchun ayol va erkaklar tengligi ustuvor ahamiyatga ega. Fransiya nafaqat ayollarning barcha sohalardagi huquqlarini himoya qilish, balki hali yechimini topmagan muammolarni hal qilish uchun xalqaro miqyosdagi umumiy sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilib keladi.

Jamiyatda ayollarning mavqeyi va o’rni tan olingan, ta’lim, sog’liq tizimi va madaniyat sohalarida qonun tomonidan teng huquqlar ta’minlangan bir davlatda ish faoliyatimni yurutishdan bag’oyat mamnunman. Har kuni ko’plab ajoyib ayollar bilan uchrashaman va ular jamiyatning barcha sohalarida, ba’zan juda yuqori lavozimlarda faoliyat ko’rsatib hamda davlatning rivojiga o’z hissalarini qo’shib kelayotganligiga amin bo’ldim.

Barcha xotin-qizlarga muvaffaqiyat va baxt-saodat tilab qolaman.

publie le 27/03/2018

hautdepage