Xurshid Ziyoxonov ko‘rgazmasining ochilishi [fr] [ru]

Toshkent fransuz alyansining yangi yildagi ilk ko‘rgazmasi rassom Xurshid Ziyoxonovning asarlariga bag‘ishlandi. Mazkur ko‘rgazmani 18-yanvar kuni AFT raisi o‘rinbosari va «Caravan group» restoranlar tarmog‘i raisi Natalya Musina, Fransiya elchisi Violen de Vilmor, elchixona madaniy hamkorlik bo‘limi xodimlari va AFT direktori Dilshod Ahmedovlar ochib berishdi.

Xurshid Ziyoxonov bir qator milliy va xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Jumladan, 2001-yil Parijdagi Zamonaviy san’at galereyasida tashkil etilgan o‘zbek rassomlari ko‘rgazmasida uning asarlari ham namoyish etilgan. Rassom asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasida, shuningdek, Yevropa, Osiyo va Amerikadagi xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. Bir qator diplomlar va faxriy yorliqlar sohibi Xurshid Ziyoxonov «Shuhrat» medali hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlangan. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni sazovor bo‘lgan Xurshid Ziyoxonov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu ko‘rgazma Toshkent fransuz alyansida fevral oyining o‘rtalarigacha davom etadi (Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112-uy).

publie le 24/01/2018

hautdepage