Yangi Bojole (Bojole nuvo) bayrami - 2019 [fr] [ru]

Yangi Bojole vinosi sotuvga chiqishi 22-noyabr kuni Toshkentdagi Fransiya elchisi qarorgohida nishonlandi.

Turli vazirliklar mutasaddilari, davlat tashkilotlari, diplomatik korpus, shuningdek, ishbilarmonlar, jurnalistlar, fransuz jamoatchiligi, shu jumladan Fransuz maktabi va Toshkent fransuz alyansining ko’plab vakillari ishtirokida Bojole kompagonlari ordeni a’zosi bo’lmish Fransiya elchisi Izabel Servoz-Galluchchi birinchi toifadagi sharobni an’anaviy tarzda nishonlash marosimida mezbonlik qildi hamda uning tarixi va ishlab chiqarish jarayoni haqida to’xtalib o’tdi.

Mehmonlar fransuzcha taomlar: pishloq, kolbasa mahsulotlari hamda yangi Bojole hosilidan tatib ko‘rdi. Elchixona O‘zbekiston havo yo‘llari, Lactalis-Président, Vins Descombe va Paul kabi fransuz va o‘zbek homiylariga bayramni tashkillashtirishda o‘z saxiy hissalarini qo‘shganligi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Sponsors de la Fête du Beaujolais nouveau 2019
Fête du Beaujolais nouveau 2019
Fête du Beaujolais nouveau 2019
Fête du Beaujolais nouveau 2019
Mme Isabelle SERVOZ-GALLUCCI, ambassadeur de France
Fête du Beaujolais nouveau 2019
Fête du Beaujolais nouveau 2019

publie le 26/11/2019

hautdepage