Yangi o‘quv yilingiz qutlug‘ bo‘lsin! [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi barcha fransuz tili o‘qituvchilari hamda ularning talabayu o‘quvchilarini yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlaydi. Yangi o‘quv yili yangidan-yangi hamkorlik loyihalariga boy bo‘lsin!

Yil davomida muntazam tarzda elchixonamiz saytini kuzatib boring. Sayt orqali Toshkent fransuz alyansi yangiliklaridan, shuningdek, elchixonaning madaniy hamkorlik bo‘limi tashkil etadigan Yevropa tillar kuni, Fransiyada ta’lim olish uchun stipendiyalar tanlovi, fransuz tili imtihonlari (TCF, DELF, DALF), «Shoirlar bahori» she’riyat festivali, frankofoniya bayrami, ko‘rgazmalar, kinofestival, «Fransiya ta’mi» festivali, frankofon teatr festivali, fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminarilari kabi turli-tuman tadbirlardan xabardor bo‘lib turasiz.

publie le 06/09/2016

hautdepage