Yem-xashak o‘simliklarini yetishtirish bo‘yicha fransuz ekspertlari ishtirokida Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladigan seminarlar [fr]

Seminarning Elchi tomonidan rasmiy ochilishi Toshkentda 29-yanvar kuni.

2019-yilning 29-yanvaridan 1-fevraligacha Fransiyaning Jouffray Drillaud kompaniyasi mutaxassislari Toshkent va Samarqandga o‘zbekistonlik fermerlar uchun o‘quv seminari o‘tkazish uchun tashrif buyuradi. Seminarlar Ransif Group kompaniyasi bilan hamkorlikda hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Mazkur seminarlarning maqsadi chorvadorlar va bog‘bonlarga mo‘ljallangan Fransiyaning yuqori kaloriyali yem-xashak o‘simliklari navlarini taqdim etishdan iborat. Shuningdek, bu seminarlar mazkur sohadagi fransuz tajribasini o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi mutaxassislari bilan bo‘lishishga imkon beradi.

Seminarlar o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi va ishtirok etish bepul.

JPEG

JPEG

JPEG

JPEG

publie le 20/02/2019

hautdepage