Yevro-2016: Fransiya Yevropaning eng zo‘r futbolchilarini kutib oladi! [fr] [ru]

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati (UEFA Euro 2016) munosabati bilan 10-iyundan 10-iyulgacha butun dunyodan bir yarim milliondan oshiq futbol ishqibozlari Fransiyaga tashrif buyuradi.

Yevropa chempionatida 24 jamoa ishtirok etib, Fransiyaning 10 shahrida 51 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Futbol to‘piga bo‘lgan ishtiyoqingizdan tashqari qaynab-jo‘shayotgan 10 ta fransuz shahrini tomosha qilish imkoniyati. Gavjum ko‘chalar, turli konsertlar, o‘yinlarning katta ekranlarda namoyishi, futbol ishqibozlari uchun tashkil etiladigan xilma-xil o‘yinlar… Fransiyaning har burchida bayramona kayfiyat.

Ushbu favqulodda bir hodisa borasida batafsil ma’lumotlarni UEFA Euro 2016 saytidan olishingiz mumkin.

Fransiyaga sayohat qilish uchun asqotadigan ma’lumotlar France.fr saytida.

publie le 29/07/2016

hautdepage