Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo platformasi doirasida atrof-muhitni boshqarish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ishchi guruhi uchrashuvi (Toshkent, 2015-yil 8-10-iyul)

Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo platformasi doirasida atrof-muhitni boshqarish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ishchi guruhining to‘rtinchi uchrashuvi O‘zbekiston hukumati taklifiga binoan 8-10-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda so‘nggi yillarda atrof-muhitni boshqarish borasida mintaqada amalga oshirilgan ishlar tilga olindi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyodagi besh davlat rasmiylari, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yevrokomissiya hamda Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati vakillari, shuningdek, mazkur sohada faoliyat yurituvchi bir qator xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, COP 21 iqlim anjumani joriy yilning dekabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadi. Ushbu anjumanning mezbon davlati vakili sifatida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jak-Anri Els janoblari ishchi guruh uchrashuvi ochilish marosimida nutq so‘zladi. Elchi janoblari Parij anjumanida «iqlim o‘zgarishlarining oldini olish yuzasidan yuridik kuchga ega bo‘lgan umumbashariy bitim» imzolanishi yo‘lida Markaziy Osiyodagi har bir davlat o‘z oldiga qo‘yishi lozim bo‘lgan va amalga oshira oladigan milliy hissasini taqdim etishi lozimligini ta’kidladi. Elchi uchrashuvda hozir bo‘lgan delegatsiyalar vakillarini Parij anjumanida muhokama etiladigan iqlim muammolari yuzasidan kelgusi oylarda yechimlar taklif etishga chaqirdi.

JPEG

publie le 14/07/2015

hautdepage