Yevropa filmlari festivali : 23-29-may, Toshkent [fr] [ru]

Fransiya elchixonasi joriy yilning 23-29-may kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida (eski Panorama) bo‘lib o‘tadigan IV Yevropa filmlari festivalida ikkita fransuz filmi bilan ishtirok etmoqda.

27-may kuni soat 19 da rejissor Toma Liltining «Gippokrat» filmi, 28-may kuni soat 15 da esa Nikola Vanye bolalar uchun suratga olgan «Sohibjamol va Sebastyen» filmlari asliyatda – fransuz tilida, ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi. Festivalda 17 ta film taqdim etiladi va ularning barchasiga kirish bepul.

Ushbu festival Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va ittifoqqa a’zo davlatlar elchixonalari tomonidan «O‘zbekkino milliy» agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Dastur:

JPEG

publie le 19/05/2016

hautdepage