Yevropa tillari kuni (2015-yil 21-23-sentabr)

Yevropa tillari kuni 23-sentabr kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Fransiya, Germaniya, Bolgariya, AQSh, Gruziya, Italiya, Latviya, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya, Ukraina, Yevropa Ittifoqi elchilari va Buyuk Britaniya Chexiya Respublikasi elchixonalari vakillari ishtirokida nishonlandi. Tadbirda o‘qituvchi va talabalardan iborat keng jamoatchilik stendlarni tomosha qilishdi, turli tanlovlarda qatnashishdi.

Ushbu bayram arafasida, 21-22-sentabr kunlari Fransiya elchixonasi, Gyote instituti va Britaniya kengashi tomonidan chet tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari tashkil etildi. Umumyevropa chet tilini egallash kompetensiyalari tizimi (CECRL) mavzusidagi mazkur seminarda Respublikaning turli viloyatlaridan kelgan 90 dan oshiq fransuz, nemis va ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi. Seminarni olib borgan Fransiyalik mutaxassislar Versal akademiyasining Pedagogika va ta’lim oliy maktabi xodimlari Paskal Buassonne va Loran Aleksandrlar edi.

publie le 09/10/2015

hautdepage