Yevropa tillar kuni Toshkentda katta tantana bilan nishonlandi [fr] [ru]

30-sentabr kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Yevropa tillar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda 500 dan oshiq chet tili o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Bayramning tantanali qismi O‘zDJTU rektori, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Buyuk Britaniya, Latviya, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Ukraina elchilari, Yevropa Ittifoqi delagatsiyasi rahbari hamda AQSh elchixonasi vakili tomonidan ochib berildi. Bayram davomida taqdim etilgan turli-tuman qiziqarli mashg‘ulotlarda Respublikaning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan talaba va o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Kampus Frans, Fransuz alyansi va Fransiya elchixonasi tomonidan taqdim etilgan stendga tashrif buyurgan talabalar Fransiyada ta’lim borasida ko‘plab savollariga javob olishdi.

Bayram chog‘ida «O‘zbekistonda Yevropa tillar kuniga bag‘ishlangan videoklip» tanlovi natijalari ham e’lon qilindi. Toshkent shahridan, shuningdek, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlaridan kelgan tanlov g‘oliblariga ishtirokchi tashkilotlar har xil sovg‘alar taqdim etishdi. Fransiya elchisi tanlovning eng yosh ishtirokchisi Bo‘stonliq tumanidan tashrif buyurgan 5 yoshli Hulkarga o‘z sovg‘asini topshirdi.

Tanlov g‘oliblari

12-15 yoshlilar orasida:

SovrinMuassasaIshtirokchilar
1-o‘rin Bo‘stonliq tumani 19-son maktab Xolisxon Adilova, 8-sinf o‘quvchisi
Shahriddin Risqimov, 7-sinf o‘quvchisi
Toir To‘lqinov, 7-sinf o‘quvchisi
2-o‘rin Mingbuloq tumani 13-son ixtisoslashtirlgan maktab-internat Javohir Habibillayev, 9-sinf o‘quvchisi
Murodillo Abdurazzoqov, 7-sinf o‘quvchisi
Abdulaziz Mansurov, 6-sinf o‘quvchisi
3-o‘rin Toshkent shahar 49- va 211-son maktablar Farida Malikova, 9-sinf o‘quvchisi
Laylo Mardiyeva, 9-sinf o‘quvchisi

Eng yosh ishtirokchi Risqimboyeva Hulkar Elyor qizi maxsus sovrinni qo‘lga kiritdi.

Litsey-Kollej-Universitet kategoriyasida:

SovrinMuassasaIshtirokchilar
1-o‘rin Siyob qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji Gulshan Hoshimova
2-o‘rin Andijon Davlat universiteti Maksim Kim
3-o‘rin Farg‘ona Davlat universiteti Gulsanam Sultonova
Ra’noxon Hoshimova
Olyaxon Olimjonova

G‘oliblar tomonidan taqdim etilgan videokliplarni quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin:

Mme Violaine de Villemeur, Ambassadeur de France en Ouzbékistan

publie le 15/11/2016

hautdepage