Yevropa tillari kuni [fr] [ru]

26-28-sentabr kunlari Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘limi Toshkent Gyote instituti, Britaniya kengashi, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti hamda Shveytsariya, Chexiya, Ukraina, Polsha, Ruminiya, Italiya va Gruziya elchixonalari bilan hamkorlikda Yevropa tillari bayramini nishonladi.

Yevropa Kengashi tashabbusi bilan 2001-yildan buyon butun dunyoda nishonlanib kelinayotgan ushbu bayram chet tillarni targ‘ib etadi, chet tillarni o‘rganish o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa madaniyatlarga yo‘l ochishda qay darajada katta ahamiyat kasb etishini yana bir bor ta’kidlaydi.

Tadbirga Fransiyadan taklif etilgan ikki mehmon, adabiy tarjimonlar – Fransiya Milliy tadqiqotlar markazi professori, tarixchi Stefan Dyuduanyon hamda yozuvchi Andre Markovichlar «Tarjima san’ati» deb nomlangan amaliy anjumanda ishtirok etishdi, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida, O‘zbekiston milliy kutubxonasida, Toshkent fransuz alyansida va Buxoro Davlat universitetida ma’ruzalar qilishdi, talaba va o‘qituvchilarga mahorat darslari o‘tishdi.

Bayram munosabati bilan she’r tanlovi ham o‘tkazildi. «IN LIVE» tanlovi g‘olibasi Jahon tillari universiteti talabasi Feruza Shodmonova va «ON LINE» tanlovi g‘olibasi Buxoro Davlat universiteti talabasi Maftuna Rahimovalarga hamkor elchixonalar turli sovg‘alar taqdim etishdi.

Ayni paytda O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat qilayotgan va «France Culture» radiosi uchun sayohatnomalar yozayotgan fransiyalik xonanda Paskal Buaziz Toshkent fransuz alyansida she’r yozish bo‘yicha mahorat darslari o‘tdi va bayramning yopilish marosimida Jahon tillari universitetida konsert berdi.

Conférence à la Bibliothèque Nationale
Soirée de poésie
Conférence à la Bibliothèque Nationale
Conférence à la Bibliothèque Nationale
M. Stéphane Dudoignon, directeur de recherche au CNRS, traducteur du roman « Nuit » de l'écrivain ouzbek Abdulkhamid Tchulpan
M. André Markowicz, traducteur littéraire

publie le 10/10/2018

hautdepage