Yevropa va tashqi ishlar vazirligi hamda G‘aznachilik bosh boshqarmasi qo‘shma delegatsiyasining Toshkentga tashrifi [fr] [ru]

Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligi hamda G‘aznachilik bosh boshqarmasining qo‘shma delegatsiyasi 4 – 5-iyun kunlari Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Kontinental Yevropa boshqarmasi maslahatchisi Dian-Sofi Trevu xonim va G‘aznachilik bosh boshqarmasining ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari janob Joffre Selesten-Urben boshchilik qildi.

Delegatsiya O‘zbekistonning bir qator vazirlik va tashkilotlari, xususan, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va boshqalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar chog‘ida delegatsiya Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi masalalari, shuningdek, 2018-yilning yozida Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini tashkillashtirish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur tashrif bilan bir qatorda, atrof-muhit sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan janob Joffre Selesten-Urben 5-iyun kuni Markaziy Osiyo ekologik forumida Iqlim bo‘yicha Parij bitimining ahamiyati haqida nutq so‘zladi.

publie le 13/06/2018

hautdepage