«Yevropada ta’lim» ko‘rgazmasi [ru]

Oliy ta’limni targ‘ib qilish, chet ellik talabalarni kutib olish, xalqaro mobillik bo‘yicha fransuz milliy agentligi Kampus Frans Toshkent shahrida 11-may kuni bo‘lib o‘tgan «Yevropada ta’lim» ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rgazma Yevropa mamlakatlarida, jumladan, Fransiyada ta’lim olishga talabalarni jalb qilish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 19ta oliy o‘quv yurti, milliy agentliklar, Erasmus+ va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ishtirok etdi. Bunda Fransiya uchta stend orqali taqdim etildi: Kampus Frans/Fransiya elchixonasi, Lill agronomlik instituti hamda Brest biznes maktabi.

Shu tariqa ko‘plab talabalar, o‘qituvchi va tadqiqotchilar stendlarda, shuningdek, taqdimotlar chog‘ida Fransiyada oliy ta’limni davom etdirish, o‘qishni qanday moliyalashtirish (Fransiya elchixonasi stipendiyasi, Eyfel, Kopernik, Burdye, Erasmus+ dasturlari, turli korxona va fondlar stipendiyalari), ma’muriy rasmiyatchiliklar, Fransiyada hayot kechirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha, 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini rivojlantirish borasidagi qarori e’lon qilindi. Qarorda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, talabalar almashinuvini rag‘batlantirish, malaka oshirish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Xorijlik talabalar soni bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda turuvchi Fransiya jahonda tan olingan ilmiy salohiyati va hududiy qamrovi bilan iqtisodiy hayotning huquqshunoslik, iqtisodiyot, tijorat, injenerlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim jabhalarida o‘zbek universitetlari talablariga to‘liq javob bera oladi.

Shu kuni Fransiya elchixonasi ko‘rgazmada ishtirok etgan Fransiya oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘zbek hamkasblari, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Savdo va sanoat palatasi, Erasmus+ Toshkent bo‘limi, O‘zbekistonda ish olib borayotgan fransuz korxonalari, Fransiya taraqqiyot agentligining O‘zbekiston bo‘limi, shuningdek, chet ellarda ta’lim olishni istagan iqtidorli o‘zbek yoshlariga stipendiyalar taklif qiluvchi Islom Karimov fondi vakillari bilan muloqot qilib olishlari uchun qabul marosimi o‘tkazdi.

Fransiyada oliy ta’lim to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar Kampus Frans O‘zbekiston bo‘limi hamda «France Alumni Ouzbékistan» saytida. Qo‘shimcha savollar uchun: campus.ouz@gmail.com.

publie le 04/10/2017

hautdepage