Yosh yozuvchi mukofoti 2020-2021-yillar uchun [fr] [ru]

Yosh yozuvchi mukofoti 16 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan barcha millatlarga mansub yosh mualliflar tomonidan fransuz tilida, nasrda yozilgan badiiy asarlar (novella, ertak yoki hikoyalar) uchun beriladi.

Har bir nomzod o‘z matnining betakrorligini kafolatlaydi. Oldin nashr etilgan matnlardan, shu jumladan gazetalar, jurnallar yoki Internetdan olingan manbaga havola berilishi shart. Taklif qilinayotgan asar ilgari biron bir mukofot olmagan, shu jumladan, yosh yozuvchining mukofoti uchun topshirilmagan bo‘lishi kerak.

Ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish 2019-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagi saytda, onlayn tarzda amalga oshiriladi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov: Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun (yashash joyidan qat‘iy nazar) 20 evro.

Chet el fuqarolari, qayerda yashashidan qat‘iy nazar, ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovlardan ozod etiladilar.

Ishtirok etish uchun hujjatlar 2020-yil 5-fevral chorshanba kunigacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun: https://www.pjef.net/concours/modalites-de-participation-et-inscription

JPEG

publie le 21/10/2019

hautdepage