Yozgi universitet 2019 [fr] [ru]

Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi to’rtinchi marоtaba fransuz tili o‘qituvchilari uchun yozgi universitetni tashkil etmoqda. Tadbir 17-iyun kuni Buxoro davlat universitetida madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchi Emili Dezormier xonim va Buxoro Davlat universiteti rektori O.Xamidov tomonidan rasmiy ravishda ochildi.

Bu safar "Yozgi universitet"ga jami 116 nafar o‘qituvchi (79 nafar ayol va 37 nafar erkak), jumladan 83 nafar maktab o‘qituvchisi, 2 nafar litsey o‘qituvchisi va 31 nafar universitet o‘qituvchilari qatnashish uchun, mamlakatimizning 10 ta viloyatidan (Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent kabilardan) Buxoroga keldilar. Mazkur seminarga olti nafar fransiyalik va bir nafar o‘zbekistonlik mutaxxasislar jalb qilingan.

Yozgi maktabning ochilish marosimida "Yangi uslubda o‘qitish" mavzusida konferensiya tashkil etildi, unda bir nechta mutaxassislar iqlim isishi, fransuz tilida jenskiy rod, chet elda o‘qish imkoniyatlari va inklyuziv ta’lim kabi mavzularda nutq so’zladilar.

Fransuz tilini o‘qitishning innovatsion usullari bo’yicha 5 ta o’quv moduli, zamonaviy madaniyatni o’rganish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashda ko’nikmalarini rivojlantirish, turizmida fransuz tili ko‘nikmalarni rivojlantirish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha 4 kun davomida har bir o‘qituvchi uchun 2 ta modulga qatnashish imkoniyati beriladi.

Bu seminarning asosiy maqsadlaridan biri fransuz tili o‘qituvchilari uchun bir joyda yig‘ilib, ularning yagona tarmog‘ini yaratish va ularga amaliy ko‘nikmalarni kengaytirish imkoniyatini berishdir.

publie le 18/06/2019

hautdepage