Zilzilalarni simulyatsiya qilish markaziga tashrif [fr] [ru]

2018-yil 27-noyabr kuni Fransiya elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Fuqaro muhofazasi institutining Zilzilalarni simulyatsiya qilish markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko’zlangan maqsad elchixonaning vakillariga birinchi silkinishlar vaqtida ko’riladigan choralar, xavfsizlik qoidalari va zilzilalarning oqibatlari haqida ma’lumot berish edi.

Tashrif davomida mehmonlar Zilzila tarixi muzeyi, ko’rgazma zali va zilzila simulyatori bilan tanishdilar.

Fransiya elchixonasining xodimlari O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining rahbariyatiga samimiy qabul va tashrifni tashkillashtirgani uchun minnatdorchilik bildiradilar.

Visite au centre de séisme
Visite au centre de séisme

publie le 06/12/2018

hautdepage