O’zbekiston Respublikasida fransuz vizasini olish tartibi [fr] [ru]

Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi quyidagilarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega:

- O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi har qanday shaxs uchun Fransiyaga qisqa muddatli yoki uzoq muddatli viza olish uchun arizalar;
- O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi har qanday shaxs uchun Belgiya (ayrim istisnolardan tashqari - quyiga qarang), Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Portugaliyaga qisqa muddatli viza olish uchun arizalar;
- Tojikistonda istiqomat qiluvchi har qanday shaxs uchun Fransiyaga uzoq muddatli viza olish uchun arizalar.

Ma’lumot olish, zarur hujjatlarni tayyorlash, ularni konsullikka taqdim etish, shuningdek, arizangizni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida ma’lumot olish uchun siz “Fransiya vizalari” rasmiy saytiga tashrif buyurishingiz kerak.

Fransiya vizalari” – bu viza olish va bu jarayonning har bir bosqichida zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan yagona portal (hujjatlar to’plamini tayyorlash, ro’yxatdan o’tish va anketani topshirish hamda ariza holati to’g’risida ma’lumot olish).

Vizalarni olish jarayonining asosiy bosqichlari

Sizga viza kerakmi?

PNG Sizning vaziyatingizga qarab, “Fransiya vizalari” sayti o’zining “viza yordamchisi” funksiyasi tufayli, sizga fransuz vizasi kerak yoki kerak emasligini hamda qanday viza turini olishingiz kerakligini bilib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, anketaga ilova qilinadigan hujjatlar to’plami va konsullik badalining miqdori haqida ma’lumot beriladi.

Onlayn viza anketangizni to’ldiring.

PNG Fransuzi vizasini olish kerak yoki kerak emasligini tekshirgach, siz vizani olish uchun anketani onlayn topshirishingiz mumkin. Buning uchun siz “Fransiya vizalari” portalida ro’yxatdan o’tishingiz kerak, bunda sizga viza olish uchun hujjatlarni topshirishning butun jarayoni davomida maslahat beriladi.

Hujjatlaringizni Viza bo’limiga taqdim eting.

PNG Onlayn anketani to’ldirgandan so’ng siz Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasining viza bo’limiga hujjatlarni topshirishingiz kerak. “Fransiya vizalari” saytida qayerga murojaat qilish va arizani topshirish tartibi haqida zarur ma’lumotlar taqdim etilgan.

Arizangizni ko’rib chiqish holati va natijasi.

PNG Hujjatlarni topshirgandan so’ng, viza arizangizni ko’rib chiqish holati va natijasini bilib oling hamda pasportingizni qachon va qanday olish, shuningdek, Fransiyaga safaringizni qanday tayyorlash haqida bilib oling.

Belgiya Qirolligi vizalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Belgiya Qirolligining Shengen vizalarini berish bo’yicha vakili sifatida quyidagi toifalarga kiruvchi viza arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish vakolatiga ega emas:

- nikoh tuzish uchun viza;
- birgalikda yashash uchun viza;
- tibbiy sabablarga ko’ra viza;
- o’g’il / qiz asrab olish munosabati bilan viza;
- vasiylik va/yoki bolani topshirish munosabati bilan viza;
- qaytish uchun viza;
- diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga yoki xalqaro tashkilotga yuborilgan diplomatlar va ma’muriy-texnik xodimlar uchun viza.

Tranzit vizasi:

2023-yil 7-dekabrdan boshlab Fransiya O‘zbekiston fuqarolari uchun aeroport tranzit vizasiga ega bo‘lish talabini joriy qildi.
Endilikda Fransiya aeroportidagi xalqaro zona orqali tranzit amalga oshiradigan har qanday O‘zbekiston fuqarosi bunday vizani Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan olishi kerak.

Muhim:

Qabulga yozilish va arizangizni ko’rib chiqish muddatlari sizning fuqaroligingiz va mavsumga qarab farq qilishi mumkin.
Fransuz vizasini olish uchun murojaat etuvchi fuqarolardan Fransiyaga safarning sanasi bilan bog’liq muddatlarni inobatga olgan holda, viza olish uchun hujjatlarni oldindan taqdim etishni so’raladi.

publie le 05/02/2024

hautdepage