Iqtisodiy missiya [fr] [ru]

Fransiyaning Toshkent shahridagi elchixonasi iqtisodiy missiyasi quyidagilarni amalga oshiradi:

• Iqtisodiy diplomatiya, kompaniyalar, investitsiyalar va turizm sohasidagi hamkorlikni nazorat qilish, xususan, Fransiya a’zo bo‘lgan va Toshkent shahrida vakolatxonasi mavjud bo‘lgan xalqaro tashkilotlar bilan muvofiqlikda nazoratni amalga oshirish;

• O‘zbekistonda yuz berayotgan iqtisodiy, iqtisodiyot sohasidagi qonunchilik va me’yoriy o‘zgarishlarni kuzatib borish va ular haqida Fransiyaning tegishli tashkilotlari va kompaniyalariga xabar berish;

• O‘zbek hamkorlarga Fransiyaning iqtsodiy imkoniyatlari va vaziyati haqida ma’lumot berish;

• Iqtisodiy sohadagi fransuz delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashriflarini muvofiqlashtirish, ularga ko‘mak ko‘rsatish va zarur bo‘lganda tashriflarni tashkillashtirish;

• Kompaniyalarga hamkorlar va muhim qonunchilik hujjatlari haqida imkoniyat darajasida maslahat berish hamda zarur hollarda kompaniyalarga mahalliy hukumat va hamkorlar bilan amalga oshiriladigan ishlarda hamkorlik qilish.

Bog‘lanish:

Toshkent sh. Istiqbol ko‘chasi, 25-uy
Tel : +998 71 232 81 00
tachkent@dgtresor.gouv.fr

publie le 22/06/2021

hautdepage