Fransiyada o‘qish

Har yili dunyo bo‘ylab 290 mingga yaqin talabalar ta’lim olish uchun Fransiyani tanlashadi. Buning natijasi o‘laroq, Fransiya ingliz tilida ta’lim beruvchi davlatlarni hisobga olmaganda, xorijlik talabalar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Fransiyada ta’lim, bu 3 500 dan ortiq dunyoga mashhur oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari milliy tarmog‘iga tayanuvchi yuksak darajadagi ta’lim tizimida bilim olish demakdir. Fransiyada ta’lim, bu Fransiya madaniy boyliklaridan foydalanish, shuningdek, uning iqtisodiy dinamikasiga kirish yo‘lidir.

Fransiyada xorijlik talabalar mahalliy talabalar bilan bir xil huquqlarga egadirlar. Milliy ta’lim muassasalarida ta’lim sarf-xarajatlarining katta qismini davlat o‘z bo‘yniga olgan (bir talaba uchun bir yilda 10-14 ming evrogacha). Ushbu imtiyoz oliy ta’lim muassasalariga yozilish narxini dunyoda eng past narxlarda ushlab turishga, shuningdek, beriladigan bilim darajasining yuqori saviyada bo‘lishiga imkon yaratadi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi xorijlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida Campus France agentligiga tayanadi. Mazkur agentlik Fransiya oliy ta’limini xorijda targ‘ib etish va chet ellik talabalarni kutib olish, joylashtirish masalalari bo‘yicha yagona davlat tashkiloti hisoblanadi.

Campus France Toshkent bo‘limi, agentlikning O‘zbekistondagi filiali hisoblanib, 2013-yil sentabr oyida ochildi. Bo‘lim o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad – Fransiyada ta’lim olish istagidagi o‘zbekistonlik talabalarga butun o‘qish jarayoni davomida amaliy yordam ko‘rsatishdir. Ta’lim yo‘nalishini tanlash, oliy o‘quv yurtlariga yozilish, ta’lim stipendiyalari izlash borasida barcha ma’lumotlar bo‘lim saytida mavjud (rus tilida). Fransiyada ta’lim olish bo‘yicha sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz uchun Campus France Toshkent bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Har yili Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Fransiyada magistratura darajasida ta’lim olish uchun Davlat stipendiyalari dasturini taqdim etadi. Ushbu stipendiyalar bakalavr diplomiga ega va Fransiyada magistraturani davom ettirishni istagan fransuz tili yoki ingliz tilini biladigan o‘zbekistonlik talabalarga mo‘ljallangan.

Ushbu dastur doirasida stipendiya sohibi bo‘lish uchun qo‘yiladigan talablar, tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumotlar uchun quyidagi sahifamizga o‘ting :
(https://www.ouzbekistan.campusfrance.org/programma-stipendii-francuzskogo-pravitelstva-bgf)

Foydali havolalar:

- Fransuz tilini Fransiyada o‘rganish: Fransiyada joylashgan fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitadigan o‘quv muassasalari ro‘yxati: www.qualitefle.fr/IndexAlpha.aspx

- Campus France agentligi: Fransiya oliy ta’limini xorijda targ‘ib etish va xorijlik talabalarni kutib olish, joylashtirish bo‘yicha milliy agentlik: www.campusfrance.org

- Fransiyaga ta’lim olish uchun kelish: Fransiya Tashqi ishlar vazirligi saytida mavzu yuzasidan barcha ma’lumotlar: www.diplomatie.gouv.fr/fr/venir-en-france-22365/etudier-en-france-12794/

Bog‘lanish uchun:

Campus France Toshkent bo‘limi
Toshkent fransuz alyansi

Zulfiyaxonim ko‘chasi 112-uy, Toshkent shahri
Tel.: (998 71) 244 94 08 / 09
www.ouzbekistan.campusfrance.org/ru
Toma Nadjar
thomas.nadjar @ diplomatie.gouv.fr
www.facebook.com/campus.ouz

publie le 23/10/2019

hautdepage