Fransiyada magistraturada ta’lim olishni istagan talabalar o’qishlarini moliyalashtirish uchun “France Excellence” (sobiq BGF) grantiga da’vogarlik qilishlari mumkin.
Da’vogarlar 2024–2025-oʻquv yilida oʻqish uchun “France Excellence” grant dasturiga ariza topshirish shartlari haqida foydali maʼlumotlarga ega hujjatni (fransuz va ingliz tillarida) yuklab olishlari mumkin.
Shuningdek, ular to‘ldirish uchun ariza shaklini (tanlangan o‘qish tiliga qarab fransuz yoki ingliz tillarida) yuklab olib, boshqa kerakli hujjatlar bilan birga campus.ouz@gmail.com elektron manziliga jo‘natishlari kerak.
Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati 22.03.2024 (23:59).
Ariza topshirish shartlari:
Ariza shakli:
Ariza topshirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun campus.ouz@gmail.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.