Salut la France! En ligne! tanlovi [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent fransuz alyansi bilan birgalikda "Salut la France ! En ligne !" tanlovini o‘tkazadi.

Agar siz fransuz tilini o‘rgansangiz va yoshingiz 14 va 17 oralig‘ida bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting va Vishi shahrida joylashgan "Cavilam – Alliance française" til maktabi tomonidan o‘tkaziladigan ikki haftalik onlayn kursni sovg‘a tariqasida qo‘lga kiriting!

Tanlov qatnashchilari « Siz nega fransuz tilini o‘rganyapsiz? » savoliga javob berib, o‘z videolarini bizga jo‘natishlari kerak. Videolar Toshkent fransuz alyansi YouTube kanaliga yuklanadi.

Hakamlar hay’ati sakkiz nafar g‘olibni tanlaydi, to‘qqizinchi g‘olib 30-iyungacha eng ko‘p layk natijasiga ko‘ra e‘lon qilinadi.

Tanlov qoidalari bilan tanishib chiqing, yozilish varaqasini to‘ldirib, video bilan birga bizga 2020-yil 20-iyunga qadar yuboring.

Tanlov qoidalari - (PDF - 301.9 kb)

Yozilish varaqasi - (Word - 347.8 kb)

PNG

publie le 12/04/2022

hautdepage