Fransiya elchixonasining O‘zbekiston ta’lim muassalariga sovg‘asi [fr] [ru]

Ta’lim sohasini qo‘llab-quvatlash dasturi doirasida, Fransiya elchixonasi madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi O‘zbekiston ta’lim muassalarini fransuz tili darsliklari va qo‘llanmalari bilan muntazam ravishda ta’minlab keladi.

Bu yil ham bir qator maxsus maktablar va oliy ta’lim muassasalariga kitoblar taqdim etildi.
Bular : Andijon, Buxoro, Qarshi, Urganch, Farg‘ona Davlat universitetlari, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Samarqand Davlat chet tillar instituti, Xalqaro iqtidoyiot va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi 51 va 112-son, Samarqand shahridagi Lusyen Keren nomli 43-son, Parkent tuman 9-son, Farg‘ona shahridagi 3-son o‘rta maktablar, G‘ijduvon tumanidagi 62-son IDUMI. XTV qoshidagi Respublika ta’lim markazi hamda Toshkent fransuz alyansiga ham darsliklar sovg‘a qilindi.

Taqdim etilgan jami 600 dan ortiq darsliklar, kitoblar, elektron qo‘llanmalar Fransuz tili o‘qituvchilariga zamonaviy metodlardan foydalangan holda dars o‘tishlariga imkon yaratadi.

Ushbu muassasalardan tashrif buyurgan direktorlar va fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiya elchisi Izabel Servoz-Galluchchi do‘stona dasturxon atrofida qabul qildi. Elchi xonim o‘z nutqida o‘z o‘quvchilariga fransuz tili va madaniyatiga bo‘lgan muhabbatni singdirib kelayotgan o‘qituvchilarga minnatdotchiligini izhor etdi.

publie le 17/02/2020

hautdepage