Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida kosmonavtika bo‘yicha hamkorlik [fr] [ru]

Fransiya Kosmik tadqiqotlar milliy markazi va O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida doiraviy bitim imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi munosabati bilan 2018-yil 9-oktabr, seshanba kuni Fransiya Kosmik tadqiqiotlar milliy markazi prezidenti Jan Iv Le Gol va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ikki mamlakat o‘rtasida kosmonavtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha doiraviy bitimni imzoladilar.

Mazkur bitim doirasidagi hamkorlik tadbirlari kosmonavtika fani, Yerni kuzatish, telekommunikatsiya yo‘ldoshlari, kosmik mobil dasturlar, kosmik izlanishlar va texnologiyalar hamda xalqaro qonunchilik masalalarini muvofiqlashtirish sohalarida amalga oshiriladi.

Qo‘shma loyihalarni rivojlantirishdan tashqari, tajriba va ilg‘or amaliyot almashish, kosmonavtika bo‘yicha ta’lim va kosmik faoliyatni, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilish bitimni imzolovchi ikki tomon uchun ustuvor hamkorlikning shakllari bo‘ladi. Turli tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish uchun qo‘shma qo‘mita tuziladi.

Mazkur doiraviy bitimning imzolanishi Fransiya va O‘zbekistonga turli yo‘nalishlarda kosmonavtika bo‘yicha hamkorlikning ko‘plab imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.

Manba

publie le 20/02/2019

hautdepage