Parij Bibi Maryam ibodatxonasida ro‘y bergan yong‘in munosabati bilan yo‘llangan birdamlik nomalari uchun Fransiya elchisi minnatdorchilik bildiradi [fr] [ru]

15-aprel kuni Parijdagi tarixiy yodgorlik, barcha fransuzlar uchun ulkan ramziy ma’no kasb etuvchi Bibi Maryam ibodatxonasining katta qismi yong‘in tufayli vayron bo‘lgandan so‘ng siz azizlardan ko‘plab birdamlik nomalari oldik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Fransiya Respublikasi Prezidentiga xat yo‘llab, bo‘lib o‘tgan voqeadan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi. Fransiya Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan 16-17-aprel kunlari Toshkentda tashrifi mobaynida unga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va boshqa mansabdor shaxslar ham bo‘lib o‘tgan mash’um hodisa tufayli o‘z xayrixohliklarini izhor qilishdi.

Parijdagi ushbu favqulotda bebaho yodgorlikka nisbatan befarq bo‘lmagan juda ko‘plab hamkorlarimiz va do‘stlarimiz hamdardliklarini bildirishdi.

His-hayajon va g‘am-qayg‘uga to‘la ushbu onlarda odamni ruhlantiruvchi bunday e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Do‘st kulfatda sinaladi, deyishadi.

Fransiya Prezidenti ibodatxonaning zarar yetgan qismlarini qayta tiklashga va’da berdi.

JPEG - 136.3 ko
Le Secrétaire d’Etat français M. Jean-Baptiste Lemoyne devant la gravure de la cathédrale Notre Dame de Paris à l’Alliance française de Tachkent
ministère de l’Europe et des Affaires étrangères

publie le 11/07/2019

hautdepage